Tarbiyachi – ustoz bo’lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun eng avvalo, tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi kerak, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lish kerak.
Islom KARIMOV
 

ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

institut tashqi ko'rinishi

Andijon viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 1952 yil 24 iyulda tashkil topgan.

Institut Xalq ta'limi vazirligi tasarrufida faoliyat ko’rsatadi.

Institutga 2001 yil falsafa fanlari nomzodi Q.Ibaydullayev rektor etib tayinlangan.

Institutda 33 ta ¢quv xonasi, 3 ta kompyuter sinflari, 20 o’rinli kutubxona mavjud. Rektorat, Masofadan o’qitish viloyat xududiy muvofiqlashtirish markazi hamda yangi axborot texnologiyasi va nashr bo’limidagi kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan. Kutubxonada 7000 dan ortiq kitob fondi mavjud bo’lib, ulardan har oyda 600-700 nafar tinglovchilar foydalanadilar.

Bugungi kunda institutning 5 ta kafedra (ijtimoiy fanlar va ma'naviyat asoslari, Til va adabiyot ta'limi, Pedagogika, psixologiya, maktabgacha va boshlang’ich ta'lim, Tabiiy fanlar ta'limi, Jismoniy tarbiya, san'at va mehnat ta'limi) va 6 bo’limda (Masofadan o’qitish viloyat xududiy muvofiqlashtirish markazi, Yangi axborot texnologiyasi va nashr, Monitoring va marketing, O’quv bo’limlari va boshq.) 57 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi. Shundan 3 nafari fan doktori va professorlar, 10 nafari fan nomzodlari, qolganlari boy tajribaga ega bo’lgan o’qituvchi va metodistlardir.

Google
 
Web

www.and-moi.narod.ru

 

 

Hosted by uCoz